Tapflo

Tapflo international (Head office)

БРОШЮРЫ, ИНСТРУКЦИИ

Практикум

YOPISHQOQ MAHSULOTLAR BILAN ISHLASH MASHAQQATLARI

Sust, quyuq, yopishqoq yoki zich? Ushbu so'zlarning har biri yopishqoqlik darajasi yuqori bo’lgan suyuqlikning tavsifi bo'lishi mumkin. Siz qanday mahsulot tashishingizdan qat’iy nazar, bu hoh quyuq yog'lar, yopishqoq asal yoki bo'lakli malina murabbosi bo’lsin, ishlab chiqarish jarayonini bir tekis ta'minlash uchun muhim talablar qo'yiladi.

Yopishqoq mahsulotlarni tashishda nasosdan to'g'ri foydalana olish quyidagi qator afzalliklarni o'zida mujassam qiladi:

  • Rejalishtirilmagan to’xtash vaqtini kamaytirish

  • Xarajatlarni tejash

  • Nasosning xizmat qilish muddati uzayishi
       
  • To'kilish va oqib ketishning minimalligi
       
  • Energiya tejamkorligi
       
  • Mahsulotning yaxshilangan sifati

Ushbu afzalliklardan bilsak bo’ladiki oqilona tanlov qilish ishlab chiqarishning sifatini oshiradi.

KONFIGURATSIYA - MANA SHUNDAY O'YLASHINGIZ KERAK

Yopishqoq mahsulotlar odatda bitta umumiy xususiyatga ega: ular quyuq. Biroq, turli xil suyuqliklar ko'p jihatdan farq qilishi mumkin va shuning uchun nasosning xususiyatlari suyuqlikning xususiyatlariga mos kelishi kerak. Misol uchun, murabbo diafragmali nasos ishlay olmaydigan zarralarni o'z ichiga olishi mumkin, ammo lob (кулачковый) nasos tomonidan oson ishlov beriladi.

Siz tashiyotgan mahsulot turiga qarab, nasosning xususiyatlari va materialini tanlashda bir nechta omillarni hisobga olishingiz kerak. Turli suyuqliklar orasidagi ifloslanishni oldini olish va foydalanishdan keyin tozalashni osonlashtirish uchun nasosni tozalash oson bo'lishini ta'minlashingiz kerak.

Nasosning quvvati o'ziga xos suyuqlik bilan ishlash uchun yetarli bo'lishi kerak. Ya'ni, yopishqoq suyuqlikni samarali haydash uchun yetarlicha yuqori bosim, tezlik yoki quvvatga ega nasosni tanlashingiz kerak.

Nasosni ishlab chiqarishda ishlatiladigan material-modda, yopishqoq suyuqliklarni tejamkor tarzda haydash asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, yopishqoq suyuqliklar eskirish va eroziyaga chidamli materiallarni talab qiladi.

Mukammal ishlab chiqarish uchun maxsus yechimlarni nafaqat yopishqoq mahsulotlar talab qiladigan. Spirtli ichimliklar yoki sut kabi kamroq yopishqoq mahsulotlar ham ATEX muhiti yoki sanitariya materialidan tayyorlangan nasos kabi boshqa maxsus muhit yoki xususiyatlarni talab qiladi.

QUYUQ MAHSULOTLAR BILAN OSON ISHLANG

Yopishqoq mahsulotni haydash uchun siz qanday nasosni tanlashingiz kerakligi yaxshilab o’ylab ko’rishingiz kerak. Yopishqoqlikni osonlik bilan boshqaradigan nasoslar quyidagilar:

  • Shlangli nasos. Yuqori talablarga javob beradigan holda suyuqliklar bilan ehtiyotkorona muomala qiladigan yordamchingizdir.
  • Lob (кулачковый) nasos. Yuqori oqim qobiliyatini, zarrachalarni boshqarish qobiliyatini va bir tekisdagi oqimni talab qiladiganlar uchun.
  • Diafragmali nasos. O'zi so’rib oladigan nasos, uzoq eskirmaydigan (pishiq), moslashuvchan materialdan yasalgan bo’lib, tozalash jarayoni oson.
  • Vintli nasos. O'zi so’rib olish qobiliyatiga ega nasos bo’lib, katta zarrachalar va tolalar bilan ishlov berish uchun keng kirib chiqish yo’laklari va oqimni o'zgartirish imkoniyatiga ega nasosni xohlaydiganlar uchun aniq tanlov.
  • Ikki vintli nasos. Bir tekis va pulsatsiyasiz haydashni ta'minlaydigan nasos.

Bu nasoslar siz bu yerda aytib o’tganlarimizdan ko‘ra ko‘proq xususiyatlarga ega va ularning ba’zilari mutlaqo noyob funksiyalarga ega. Ehtiyojlaringizga mos keladigan yopishqoq mahsulotlar va yechimlar haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, biz bilan bog'laning

О компании: Tapflo Group является независимой семейной компанией, европейским производителем и мировым поставщиком пневмоприводных мембранных насосов, центробежных насосов и другого промышленного оборудования. Представительства компании Tapflo успешно работают более чем в 30 странах мира, а дистрибьюторы нашей продукции - более чем в 45 странах мира.